Asosiy mazmunga o‘tish

Teatr+ Sizning brendingiz · Toshkent

hamkorlikkataklif

Repertuar faol ravishda kengayib, loyihalar ko‘lami ortib borayotgani munosabati bilan teatr madaniy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va Toshkentning zamonaviy teatr muhitini rivojlantirishga hissa qo‘shishga qiziqqan kompaniyalar bilan strategik hamkorlik imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda. Biz biznes vakillarini tijoriy maqsadlarni yuksak san’atni qo‘llab-quvvatlash bilan uyg‘unlashtirgan holda Toshkentning madaniy hayotining bir qismiga aylanishga taklif qilamiz.

Spektakllar · Festivallar · Brendingiz uchun tadbirlar

Mixail Doloko Teatr+ muzeyi mehmonlariga teatr niqobini ko‘rsatmoqda
Jonli uchrashuvlar. Unutilmas taassurotlar.

tanishishga arziydigan muhuhlislar

“Teatr+” — doimiy tomoshabinlar va mehmonlar oqimiga ega makon. Bizga kattalar, oilalar va farzandlari bilan keladigan ota-onalar tashrif buyuradi. Ular spektakllar, ta’lim dasturlari va teatrning maxsus tadbirlarida ishtirok etadi. Auditoriyamizning yana bir muhim qismini kompaniyalar va biznes hamjamiyatlari tashkil etadi. Ular “Teatr+”ni taqdimotlar, korporativ tadbirlar, konferensiyalar va boshqa uchrashuvlar uchun tanlaydi. Shu tariqa, brendning “Teatr+”dagi ishtiroki bir vaqtning o‘zida bir nechta auditoriya — madaniyat ixlosmandlari, oilalar va biznes vakillari e’tiboriga tushish imkonini beradi hamda makon mehmonlari bilan muntazam aloqa o‘rnatishga xizmat qiladi.

TOMOSHABINLAR VA MEHMONLAR

12 000+ tomoshabin spektakllarga tashrif buyurgan

BIZNES VA HAMJAMIYATLAR

40+ korporativ tadbir o‘tkazilgan

OILALAR

4 000+ oila spektakllarga tashrif buyurgan

AUDITORIYA BRENDINGIZ BILAN QANDAY ALOQA QILADI

  1. Tadbirdan oldin

    SIZNI PAYQASHADI

    Brend logotipi va nomi “Teatr+” anonslarida, sayt sahifalarida va boshqa kommunikatsiya kanallarida joylashtiriladi.

    Afishalar / Sayt / E’lonlar

  2. Tadbir maydonida

    SIZ BILAN TADBIR JOYIDA TANISHISHADI

    Hamkorning brend logotipini teatr fotzonasi konsepsiyasiga joylashtirish, teatrning LED ekranida reklama lavhalarini namoyish etish va auditoriya bilan boshqa vizual aloqa nuqtalarini yaratish.

    Foye /tadbirlar / Maxsus loyiha

  3. TADBIRDAN SO‘NG

    Sizni eslashadi

    Brend nomi tadbirdan keyingi yakuniy postlar va materiallarda tilga olinadi.

    Nashrlar / Foto / Video

TEATR HUDUDIDAN TASHQARIDA

TEATRDA ISHTIROK ETISHDAN HAM KO‘PROQ

“Teatr+” festivallari va sayyor loyihalari auditoriya bilan shaharning turli maydonlarida uchrashish imkonini beradi. Brendingiz kelishilgan tadbirlar doirasida — oldindan belgilangan maydonlar, sanalar va joylashtirish formatlari asosida namoyish etilishi mumkin.

    KO‘P SO‘RALADIGAN SAVOLLAR

    “Teatr+” bilan hamkorlik nimalarni o‘z ichiga oladi?

    Formatga qarab — brendning e’lonlar va kommunikatsiyalarda ishtiroki, nashrlarda tilga olinishi, mehmonlar uchun taklifnomalar va boshqa kelishilgan imkoniyatlar.

    Muayyan tadbir yoki spektaklning hamkori bo‘lish mumkinmi?

    Ha. Hamkorlik alohida spektakl, premyera, festival yoki maxsus tadbir bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

    “Teatr+” da o‘z tadbiringizni o‘tkazish mumkinmi?

    Ha. Teatr maydoni korporativ tadbirlar, taqdimotlar, uchrashuvlar va maxsus loyihalar uchun foydalanish imkonini beradi.